Kanada Belarusga qarshi sanksiyalarning bekor qilingani haqida bayonot berdi. Sanksiyalar 2006-yil 14-dekabrida joriy etilgan edi, deb xabar beradi TJournal “RBK”ga asoslanib.
“Ushbu bayonot Kanada tomonidan Belarus hukumati oxirgi oylarda bir qator sohalarda, birinchi navbatda — siyosiy mahbuslarni ozod qilish va 2015-yil oktabrida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishda siljishga erishganligining tan olganini aks ettiradi”, — deyiladi hujjatda.
Ilgariroq YeI ham sanksiyalarni bekor qilgan, AQSh esa bir qator Belarus kompaniyalariga nisbatan cheklovlarni yengillashtirgan edi.
Izoh (0)