Afg‘onistonda 52 kishi yirik avtohalokat qurboni bo‘ldi
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida ikki avtobus va bir benzin tashuvchining to‘qnashib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Yana 73 kishi jarohat olgani ma’lum qilinmoqda.
Fojia 8-may kuni ertalab Kobulni Qandahor bilan bog‘laydigan avtoyo‘lda sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng har uch transport vositasida yong‘in kelib chiqdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar