Kuba poytaxti Gavana shahrida joylashgan Coliseo Ciudad Deportiva sport majmuasida 6-may, juma kuni (Toshkent vaqti bilan 7-may tongida) Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VI mavsum yarim finalida O‘zbekistonning Uzbek Tigers bokschilari Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi ikkinchi jangini o‘tkazdi.
Butunjahon boks seriyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Uzbek Tigers jamoasi birinchi kundagi singari ikkinchi kungi barcha janglarda kubalik raqiblariga imkoniyatni boy berdi.Cuba Domadores — Uzbek Tigers 5:0
-52 kilogramm: Yosbani Veytia – Abrorjon Qodirov 3:0 (50:45, 50:45, 50:44)-60 kilogramm: Lazaro Estrada Alvares – Elnur Abduraimov 3:0 (49:46, 50:45, 49:46)
-69 kilogramm: Roniel Eglesias – Mahmud G‘oipov (50:43, 50:44, 50:44)
-81 kilogramm: Xulio La Kruz – Shuhrat Abdullayev 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)
+91 kilogramm: Leniyer Pero Jastiz – Mirzohidjon Abdullayev 3:0 (49:46, 49:46, 49:46)
Shu tariqa, mazkur musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi yarim finalda o‘z ishtirokini yakunladi.
Joriy yilning 26–27-may kunlari Butunjahon boks seriyasining ikkinchi yarim finalida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Buyuk Britaniyaning British Lionhearts bokschilariga qarshi bahs yuritadi. Mazkur juftlik g‘olibi finalda Cuba Domadores jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)