Buxarestning “Dinamo” futbol jamoasi hujumchisi Patrik Ekeng mamlakat chempionati doirasidagi mezbonlik uchrashuvida hushini yo‘qotib qo‘ydi va keyinchalik shifoxonada olamdan o‘tdi. Bu haqda, Digi Sport nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Voqea 6-may kuni sodir bo‘ldi. 63-daqiqada maydonga tushgan 26 yoshli sportchi biroz vaqt o‘tib hushidan ketib qoldi. Tibbiyot xodimlari unga maydonda yordam ko‘rsatishga urindi, ammo bir necha daqiqadan so‘ng Ekengni tez yordam mashinasida olib ketishga to‘g‘ri keldi.
Futbolchi kardiogen shok tashxisi bilan reanimatsiyaga olib kelindi. Uning hayotini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi.
Izoh (0)