Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqaning birinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik Diyorbek O‘rozboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
-60 kilogramm vaznda kurashgan Diyorbek O‘rozboyev chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Amartushvin Dashdovaga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o‘tish bellashuvida Diyorbek ozarbayjonlik Ilgar Mushkiyevni dog‘da qoldirdi.
Bronza medali uchun kurashda Diyorbek O‘rozboyev boshqa bir o‘zbekistonlik dzyudochi – Sharofiddin Lutfullayevga qarshi bellashib, g‘alaba qozondi.
Izoh (0)