“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 14-iyundan e’tiboran Rossiyaning Voronej shahriga muntazam reys tashkil etadi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Parvozlar Aerobus A320 laynerlarida, haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avialayner Toshkentdan soat 18:55 da uchib chiqib, Voronejga 21:00 da yetib boradi. Qaytish 23:00 da boshlanadi. Samolyot Toshkentga seshanba kuni soat 4:40 da qo‘nadi (har bir punkt uchun mahalliy vaqt ko‘rsatildi).
Izoh (0)