Futbol bo‘yicha Oliy Liga 9-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” (Toshkent) – “Paxtakor” (Toshkent) uchrashuvi 13-maydan 12-may kuniga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur o‘zgarish “Lokomotiv” klubining Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off uchrashuvlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
“Temiryo‘lchilar” joriy mavsumda O‘zbekiston klublari orasida Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olgan yagona jamoa bo‘ldi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan “Lokomotiv” klubi OChL–2016 turniri nimchorak finalida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi o‘ynaydi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 17-may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvi 24-may kuni Toshkentda o‘tkaziladi.
Izoh (0)