Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ijro hokimiyatidagi rahbar kadrlar bilan bog‘liq bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Davlat rahbari milliy iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi vazirlari, hukmron “Nur Otan” partiyasidagi o‘rinbosarini almashtirdi, shuningdek, yangidan tuzilgan axborot va kommunikatsiyalar vazirligi rahbarini tayinladi.
Ekspertlar yuz bergan o‘zgarishlarni Yer kodeksiga tuzatishlar kiritishga oid vaziyat bilan bog‘lamoqda. Qishloq xo‘jaligi yerlarini bozor aylanmasiga kiritish, jumladan, yerlarni chet elliklarga ijaraga berish muddatini 10 yildan 25 yilgacha ko‘paytirishni nazarda tutuvchi mazkur tuzatishlarga aholi tomonidan ijobiy munosabat bildirilmadi.
5-may kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Nazarboyev o‘tkazilayotgan yer islohotlarining mahalliy agrar sanoati uchun muhimligini ta’kidlagan, “Yer kodeksiga kiritilayotgan tuzatishlar mohiyatini aholiga yetkazib berolmagan” davlat idoralarini keskin tanqid qilgandi.
Izoh (0)