Hong Kong Airlines kompaniyasining Denpasar shahridan (Indoneziya) Gonkongga reysni amalga oshirayotgan samolyoti parvoz chog‘ida kuchli turbulentlik zonasiga tushib qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Indoneziya milliy agentligi matbuot kotibi Sutopo Purvo Nugroxuning Twitter orqali bildirishicha, voqea samolyot Borneo orolining Malayziyaga tegishli qismi ustidan uchib o‘tayotganida sodir bo‘lgan, shundan so‘ng u Denpasarga qaytib kelgan. Buning oqibatida 17 kishi jarohat olgan, shulardan uch nafarining jarohati jiddiyligi aytilmoqda.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Layner bortida 204 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bor edi.
Izoh (0)