BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya shimolidagi qochoqlar lageriga qasddan hujum qilingan bo‘lishi va u harbiy jinoyat sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Bosh kotib yana Xavfsizlik Kengashini mojaro tomonlariga xalqaro ijtimoiy huquqni qo‘pol buzish jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida kuchli signal yuborishga chaqirdi. Idlibda joylashgan qochoqlar lageridagi fuqarolarga nisbatan uyushtirilgan hujum qasddan sodir etilgan bo‘lishi va harbiy jinoyat sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Hodisa uchun javobgar shaxslar javobgarlikka tortilishi lozim. U yana Xavfsizlik Kengashini Suriyadagi vaziyatni ko‘rib chiqishni Xalqaro jinoyat sudiga topshirishga chaqirdi”, — dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
Izoh (0)