Basklarning ETA terrorchilik guruhining sobiq rahbarlaridan biri Ispaniya qiroli Xuan Karlos I ni (boshqaruv davri 1975—2014-yillar) o‘ldirishga uringani uchun 92 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tegishli qaror mamlakat milliy sud kollegiyasi tomonidan 6-may, juma kuni qabul qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Eneko Goxeaskoetchea 1997-yilda Bilbaoda Guggenxeym zamonaviy san’at muzeyining ochilish kunida monarxni o‘ldirishga qasd qilishda aybdor deb topildi.
Avvalroq shunga o‘xshash jinoyat uchun terrorchining sherigi Kepa Arronotegi Asurmendia ham hukm qilingan edi. Bundan tashqari, sud o‘sha kuni o‘ldirilgan huquq-tartibot xodimining bevasiga 500 ming yevro to‘lash majburiyatini yukladi.
Izoh (0)