Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy janubi-g‘arbidagi Guansi-Chjuan muxtor tumani tog‘larida beqiyos uzunlikka ega noyob hasharot turi aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Aniqlangan yangi turdagi beshiktebratarning o‘lchovi oyoqlarini cho‘zib turgan holatda 62,4 santimetrni tashkil etadi.

Ilgarigi rekordsmen Malayziya changalzorlarida 2008-yilda topilgan Phobaeticus chani beshiktebratari edi. Uning xitoylik “qarindoshi”ni entomolog Chjao Li kashf etdi. U Lyuchjou shahri atrofida, 1,2 ming metr balandlikda hasharotlar qidirish bilan mashg‘ulligida daf’atan ulkan hasharotni ko‘rib qoldi.

Yangi tur Chjaoning sharafiga Phryganistria chinensis Zhao deb nomlandi. Namuna Chendu shahridagi Xitoy noyob hasharotlari muzeyiga yetkazildi. Hasharot shu paytga qadar oltita tuxum qo‘yishga ulgurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda