XXR Xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz floti AQSh tomonidan tashkil etiladigan RIMPAC xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bu haqda, AQSh 7-floti qo‘mondoni, admiral o‘rinbosari Jozef Okoynning Shanxayda bergan bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar qildi.
“Xitoy floti bir-ikki oydan so‘ng tashkil etayotganimiz yirik manyovrlarda ishtirok etadi”, — dedi u.
U AQSh va XXRning yirik harbiy tadbirdagi qo‘shma ishtiroki mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni osonlashtirishini va ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, harbiy amaldor AQShning Tinch okeanida bo‘lishi ziddiyatning oshishiga sabab bo‘lmasligini, uning asosiy maqsadi xalqaro suvlardagi dengiz yo‘llariga teng huquq asosida daxl qilinishini ta’minlash ekanligini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)