Nigeriya sohillarida jangarilar Amerikaning Chevron kompaniyasi neft platformasiga hujum qildi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hodisa Varri shahri yaqinidagi “Eskravos” neft terminalidan 70 kilometr masofada yuz bergan.Nigeriya Harbiy-dengiz kuchlari vakili Kris Ezekobe kompaniya hozircha hodisaga hech qanday izoh bermaganini ma’lum qildi. Jangarilar hujumi oqibatida yetkazilgan zararning miqdori qancha ekanligi hozircha noma’lum.
Hujum uchun javobgarlikni platformani portlatib yuborganligini ta’kidlayotgan “Niger deltasi qasoskorlari” guruhi zimmasiga oldi.