Finlyandiyada joylashgan Rissala aviabazasiga 6-may, juma kuni AQSh harbiy samolyotlari yetib keladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ular fin qiruvchi samolyotlari bilan hamkorlikdagi o‘quv parvozlarida qatnashadi va Finlyandiya—Shvetsiya Harbiy-havo kuchlarining Cross Border Training o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Amerika qiruvchi samolyotlari ilk bor Finlyandiya hududiga joylashtiriladi. Yle teleradioeshittirishining ma’lum qilishicha, Finlyandiyaga sakkizta F-15 qiruvchi samolyoti, yonilg‘i quyuvchi samolyot va 150 kishi yetib keladi.
Oregon shtati milliy gvardiyasi samolyotlarining parvozlari 9-may kuni boshlanadi va 20-mayga qadar davom etadi.
Izoh (0)