Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida yaqindan boshlab 10 m³ nominal sig‘imga ega  MAN TGS 41.400 8×4 BB M072 rusumli avtobetonqorishtirgich ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.  Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Beton aralashmasini gidravlik usulda orqaga to‘kib berish imkoniyatiga ega mazkur avtomobil tayyor beton qorishmasini kimyoviy va texnologik xususiyatlarini saqlagan holda iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Maxsus transport vositasiga o‘rnatilgan aylanuvchi barabanlar beton aralashmasini iste’molchiga yetkazib berguncha tarkibi o‘zgarmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Avtomobil baquvvat va tejamkor  MAN D20 dvigateli,  zamonaviy Common Rail yonilg‘i uzatish tizimi hamda 16 bosqichli  mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.  Kuchaytirilgan  ressorli osmalar, barabanli ABS tormoz va  elektron nazorat tizimlari maxsus yuk avtomobilining  har qanday sharoitda ham ishonchingizni oqlashiga kafolat beradi. N3 transport vositasi kategoriyasiga kiruvchi  avtobetonqorishtirgichning g‘ildiraklar formulasi 8×4  ko‘rinishga ega. Maxsus yuk avtomobilining gabarit o‘lchamlari: uzunligi 9 350 mm, kengligi 2 500 mm,  yuk ortilgan holatdagi balandligi 3 840 mm. Avtomobilning qayrilish diametri 20,5 metrni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan