Yevrokomissiya 4-may, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevroparlamentga Turkiya bilan viza tartibini bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Bu haqda Yevrokomissiyaning raqobat masalalari boyicha Yevropa komissari Margaret Vestager Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Komissiyaning viza tartibini erkinlashtirish, boshpana berish tizimini isloh qilish va Shengenga qaytish bo‘yicha muvozanatga keltirilgan va kuchli qarorlari”, — deb yozdi u.
Vestager tomonidan chop etilgan hujjat “Turkiyaning viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha ‘yo‘l xaritasi’ni bajarish yuzasidan taraqqiyoti” degan sarlavhaga ega. Mazkur qaror qabul qilinishi uchun Anqara taklif etilgan “yo‘l xaritasi” doirasida 72 ta bandni bajarishi lozim.
Izoh (0)