Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xakasiyada respublika Oliy Kengashi deputati o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda, hududiy tergov boshqarmasining 4-may, chorshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “Bloknot”

Foto: “Bloknot”

Tergov organiga 1-may kuni Sayanogorsk shahrida Yenisey daryosi sohilidan o‘z joniga qasd qilgan 36 yoshli erkak kishining jasadi topilganligi haqida xabar kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Xakasiya Respublikasi Oliy Kengashining deputati bo‘lib, xotini va uch nafar yosh bolasi bilan yashagan.

Deputat “Krasal” MChJ va  “Angarstroy” MChJ firmalarini boshqargan, biroq oxirgi paytlarda ular daromad keltirmay, moliyaviy muammolar kelib chiqa boshlagan. Oila boshlig‘i ishlamayotganligi uchun oilada nizolar yuzaga kelgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Sayanogorsk tumanlararo tergov bo‘linmasi tergov oldi tekshiruvini boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi