3-may, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Xitoy tijorat vaziri Gao Xuchen boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida oliy darajadagi tadbirlar davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama etildi.
Izoh (0)