“Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi jangarilari Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida joylashgan Xveyn qishlog‘iga hujum qildi. Oqibatda 15 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
SANA agentligining ma’lum qilinishicha, jangarilar hukumat tarafdorlarining oila a’zolarini o‘ldirgan.
Aholi tomonidan chaqirilgan Milliy mudofaa kuchlari ko‘ngillilari ekstremistlarni qishloqdan quvib chiqargan. Ularga qarshi kurash davomida 25 nafar radikal o‘ldirilgan.
Xveyn jinoiy tuzilmalar uchun tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi Xan-Sheyxun shahridan 23 kilometr masofada joylashgan.
Izoh (0)