O‘zbekiston bo‘yicha 5-may, payshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 5-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +5...+10 daraja iliq bo‘ladi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, qolgan hududlarda +12...+17 daraja iliq oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
5-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +15...+20 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +22...+27 daraja, Toshkent shahrida +26...+28 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati +30 darajaga yetishi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +35 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Payshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izoh (0)