BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 27-aprel kuni Suriyaning Aleppo shahridagi kasalxonaga berilgan aviazarba uchun javobgarlikni Suriya hukumati zimmasiga yukladi, deb yozadi “TASS”.
Xavfsizlik Kengashi majlisida nutq so‘zlar ekan, u barcha dalillar aviazarba Suriya hukumati tomonidan amalga oshirilganini ko‘rsatayotganini aytdi.
Bosh kotib 3-may kuni Xavfsizlik Kengashida qurolli nizolar chog‘ida kasalxonalar va tibbiy xodimlarga hujum qilishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi rezolyutsiya qabul qilinishini ma’qulladi. Shuningdek, u Aleppoda o‘tgan haftada kuzatilgan hodisa bunday qadamning shoshilinchligi va zarurligini tasdiqlaganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Aleppodagi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ko‘magida faoliyat olib boradigan kasalxonaga aviazarbalar berilishi oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)