Madridning “Atletiko” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Bavariya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Bunda “Atletiko”ga safarda urilgan gol yordam berib yubordi. O‘yinning 54-daqiqasida Antuan Grizmann o‘z nomini tabloga yozdirib, ispaniyalik Xabi Alonsoning golidan keyin oldinga chiqib olgan mezbonlarni qiyin ahvolda qoldirdi.74-daqiqaga kelib Levandovski “Atletiko” darvozasiga yana bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq qolgan daqiqalarda hal qiluvchi to‘pni kiritish myunxenlik futbolchilarga nasib qilmadi.
Qayd etish kerak, bellashuvni boshqarib borgan turkiyalik referi Junayt Chaqir har ikki klub darvozasiga bittadan penalti belgiladi va har ikki safar ham darvozabonlar o‘zini ko‘rsatdi.
Shu tariqa Madridning “Atletiko” klubi Chempionlar Ligasining finalida to‘p suradigan bo‘ldi. Ertaga, 4-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Real” — “Manchester Siti” o‘yinidan keyin, ikkinchi finalchi nomiga oydinlik kiritiladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi Yarim final. Javob uchrashuvi 3-may, seshanba
Izoh (0)