1-may, yakshanba kuni Turkiyaning Gaziantep shahrida portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobilni portlatib yuborgan terrorchi IShID ekstremistik guruhiga aloqador bo‘lgan. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Portlash shahardagi politsiya uchastkasi yaqinida sodir etilgan, oqibatda ikki politsiyachi halok bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)