Quyosh batareyalari yordamida uchuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Kaliforniyadan 16 soatlik parvozdan so‘ng Arizonaga qo‘ndi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Solar Impulse 2 mahalliy vaqt bo‘yicha 21:00 da Finiks shahrida qo‘ndi. Agentlikning ta’kidlashicha, odatiy samolyot bunday parvoz uchun ikki soat sarflagan bo‘lardi.
Samolyotni 2015-yilning iyul oyida Yaponiya va Gavayi o‘rtasidagi masofani 118 soatda bosib o‘tgan shveysariyalik Andre Borshberg boshqardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirayotgan Solar Impulse 2 samolyoti AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahridan uchib chiqqanligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)