Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Dunyo bo‘yicha 1 milliondan ortiq kompyuter zararlanishiga sabab bo‘lgan Gozi virusini ishlab chiqish va tarqatishda ayblanib, AQShda qamalgan rossiyalik Nikita Kuzmin 6,9 million dollar tovon to‘laydi. 2-may, dushanba kuni Manxettendagi federal sud shunday qaror chiqardi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Sud 28 yoshli Kuzminni 37 oylik qamoq jazosiga ham hukm qildi, biroq u mazkur muddatni o‘tab bo‘lgani sababli ozod etilishi mumkin deb topildi.

Nikita Kuzmin 2010-yili, texnologik konferensiyada ishtirok etish uchun AQShga kelganda hibsga olingandi. Oradan bir yil o‘tib, u aybini tan oldi va tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi