Argentinalik sudya Sebastian Kasanelyo Panama va Bagama orollariga u yerda ro‘yxatdan o‘tgan va direktori Argentina prezidenti Maurisio Makri bo‘lgan kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish haqidagi so‘rovnomani yubordi. Bu haqda, Nacion gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Kasanelyo ushbu kompaniyalar va ayblanuvchi o‘rtasidagi aloqani o‘rganib, mazkur firmalar tizimi, shuningdek, ularning savdo va moliyaviy aylanmasini bilishni istamoqda. Olingan ma’lumotlar asosida Makri mazkur firmalarni o‘z soliq deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan, qonunni buzgan-buzmaganligini aniqlashni ko‘zlamoqda.
Bundan tashqari, sudya prezidentning Panama va Bagama orollarida bank hisoblari bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotni ham so‘ragan.
Izoh (0)