AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Germaniyaga tashrifi davomida Boltiq davlatlari va Polshaga NATOning to‘rtta batalyonini joylashtirish masalasi muhokama qilinishini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Bu muhokama etiladigan mavzulardan biri”, — dedi u.
Shu bilan birga Pentagon rahbari munokama tafsilotlarini ma’lum qilmasligini bildirdi.
Karter Germaniyada NATO harbiy kuchlarining Yevropadagi yangi bosh qo‘mondoni Kertis Skaparotti bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi qo‘shinlarining ko‘paytirilishi “Rossiya tahdidi”dan tashvishlanayotgan Latviya, Estoniya va Litvaning iltimosi bilan bog‘liq.
Izoh (0)