“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini joriy mavsum yakunida klubni tark etganidan so‘ng faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish istagini bildirdi, deb xabar bermoqda “Sovsport.ru”.
2013-yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelayotgan chililik mutaxassis joriy mavsum yakunida o‘z o‘rnini “Bavariya” ustozi Xosep Gvardiolaga bo‘shatib beradi. “Shaharliklar” 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi.
Manuel Pellegrini Rossiya, Xitoy hamda Qatardan kelgan takliflarni rad etdi. U yozda Angliya Premyer-ligasida ishlash variantlarini ko‘rib chiqmoqchi. Chililik murabbiyning xizmatlariga “Everton” hamda “Uotford” klublari qiziqish bildirgan. Shuningdek, Arsen Venger “Arsenal”dan ketsa, jamoa Pellegrinini taklif qilishi mumkin.
Izoh (0)