Malayziyaning “Melaka Yunayted” jamoasi darvozaboni, 18 yoshli avstraliyalik Stefan Petrovski yashin urishidan so‘ng qariyb bir oy o‘tib vafot etdi. Bu haqda Avstraliya futbol federatsiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Butun Avstraliya futboli hamjamiyati nomidan federatsiya Petrovskining oilasi, do‘stlari va jamoadoshlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, – deyiladi Avstraliya futbol federatsiyasi bayonotida.
5-aprel kuni klubning mashg‘ulotlarida Petrovski va uning jamoadoshi, 21 yoshli himoyachi Muxd Afik Azuanni yashin urgan edi. Buning oqibatida Azuan yengil jarohat olgan, Petrovski esa hushidan ketgandi. Shundan so‘ng, har ikki futbolchi shifoxonaga yotqizilgandi. Koma holatiga tushib qolgan Petrovski esa intensiv terapiya palatasiga o‘tkazildi. Darvozabonning avholi barqaror ekani xabar qilingandi, biroq u sun’iy ravishda o‘pkada havo almashtirish moslamasiga ulangan edi.
“Chempionat” nashrining ma’lum qilishicha, avstraliyalik yosh darozabon kecha, 1-may kuni hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)