Tibet Himolay tog‘laridan 16 yil avval yo‘qolgan amerikalik ikki nafar alpinistning jasadi topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Mashhur alpinist Aleks Lou va operator Devid Bridjes 1999-yilning oktabrida sakkiz ming metrlik Shishabangmaga chiqishda ko‘chki ostida qolgan edi. Ularning muz bilan birga qotib qolgan jasadlari ikki alpinist tomonidan o‘tgan hafta topilgandi. Endilikda ularning jasadini muzlikdan chiqarib olish lozim.
Aleks Lou alpinistlar jamiyatiga yaxshi tanish bo‘lgan. U cho‘qqilarni zabt etish davomida bir necha marta do‘stlarini qutqargan. Uni hozirgi zamon alpinistlarining eng yaxshilaridan biri deb atashgan. Devid Bridjes Louning operatori va yaqin do‘sti edi.
Izoh (0)