Uchtepa tumanidagi “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi ta’mirdan chiqarildi (foto)
Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi yangi ta’mirdan chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-portali xabar berdi.
Shu munosabat bilan 29-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov masjidga tashrif buyurdi va jomeni ko‘zdan kechirdi.
Idoraning saytida masjiddan olingan fotosuratlar jamlanmasi taqdim etildi.
Izoh (0)