Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 36-turida chempionlikni muddatidan avval hal qilib qo‘ygan Turinning “Yuventus” klubi ligada jon saqlab qolish ilinjida to‘p surayotgan “Karpi”ni mag‘lub etdi.
Yevropa Ligasida ishtirok etish uchun raqobat olib borayotgan “Milan” esa o‘z maydonida “Frozinone”ni mag‘lub eta olmadi. Bosh hakam uchrashuv davomida mehmonlar darvozasiga ikkita penalti belgilagani ham Milan shahri klubiga yordam bermadi.
“Karpi”ning Turindagi mag‘lubiyatidan “Palermo” foydalandi va ochkolar soni bo‘yicha raqibiga yetib oldi. “Milan”ning ochko yo‘qotishi esa “Sassuolo”ga qo‘l keldi va klub 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Kumush medallar yo‘lida kurash olib borayotgan “Napoli” hamda “Roma” klublari 36-turni 2-may kuni o‘tkazadi.
Italiya A seriyasi 36-tur bellashuvlari 30-aprel, shanba
“Udineze” — “Torino” 1:5
Gollar: Pontus Yansson, 12 (0:1). Afriye Askua, 45 (0:2). Felipe, 47 (1:2). Xosef Martines, 50 (1:3). Andrea Belotti, 56 (1:4). Xosef Martines, 83 (1:5).“Kyevo” — “Fiorentina” 0:0
1-may, yakshanba“Yuventus” — “Karpi” 2:0
Gollar: Ernanes, 42 (1:0). Simone Zaza, 80 (2:0).“Milan” — “Frozinone” 3:3
Gollar: Luka Paganini, 2 (0:1). Oliver Kragl, 44 (0:2). Karlos Bakka, 50 (1:2). Federiko Dionizi, 54 (1:3). Luka Antonelli, 74 (2:3). Jeremi Menez, 90+2-pen (3:3).Noaniq penalti: Mario Balotelli, 49 (M).“Palermo” — “Sampdoriya” 2:0
Gollar: Franki Vaskes, 19 (1:0). Nenad Krstichich, 85-avt (2:0).“Sassuolo” — “Verona” 1:0
Gol: Lorenso Pellegrini, 58 (1:0).“Empoli” — “Bolonya” 0:0
“Latsio” — “Inter”2-may, dushanba“Jenoa” — “Roma”“Napoli” — “Atalanta”
Izoh (0)