Norvegiyaning g‘arbiy sohillarida 29-aprel kuni halokatga uchragan transport vertolyotining o‘ziyozarlari halokat joyidan topildi va ekspertiza uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi. Bu haqda, Norvegiya telegraf byurosi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Vertolyot korpusining asosiy qismi dengiz bo‘g‘ozining tubida bo‘lib, u 30-aprel kuni yetti metr chuqurlikdan yuqoriga chiqarilgan. Asosiy vint qirg‘oqdan — korpusdan bir necha yuz metr masofadan topilgan.
Bir necha guvohlarning ma’lum qilishicha, vertolyot vintini havodayoq yo‘qotgan, biroq bu taxmin hozircha rasman tasdiqlanmagan. “Qora qutilar”dagi ma’lumot vaziyatga oydinlik kiritishi mumkin.
Statoil kompaniyasining Shimoliy dengizdagi neft platformasidan Bergen aeroportiga yo‘l olgan vertolyot bortida 13 kishi — 11 nafar norvegiyalik, bir nafardan britaniyalik va italiyalik bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)