Kecha, 30-aprel kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati U-19 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “D” guruhidan o‘rin oldi. Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoaga guruhda Xitoy, Avstraliya hamda Tojikiston yoshlar terma jamoalari qarshi bahs olib boradi.
Qur’a natijasiga ko‘ra barcha guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi.
“A” guruhi: Bahrayn, Tailand, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.
“B” guruhi: KXDR, BAA, Iroq, Vyetnam.
“C” guruhi: Qatar, Yaponiya, Yaman, Eron.
“D” guruhi: O‘zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston
“D” guruhi taqvimi:
15-oktabr: O‘zbekiston – Tojikiston; Xitoy – Avstraliya
18-oktabr: Tojikiston – Xitoy; Avstraliya – O‘zbekiston
21-oktabr: O‘zbekiston – Xitoy, Avstraliya – Tojikiston
Ma’lumot uchun, Bahrayndagi U-19 Osiyo chempionati 2016-yilning 13–30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida yarim finalga chiqqan to‘rt jamoa 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)