Tojikiston adliya vazirligi huzuridagi fuqarolik holatlarini qayd etish bo‘limi rahbarining o‘rinbosari Jaloliddin Rahimov mamlakatda ruscha qo‘shimchalar bilan tugaydigan familiyalar rasman man etilgani haqidagi xabarni inkor qildi. Bu haqda, “Interfaks”ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq OAV Tojikistonda ruscha qo‘shimchalarga ega familiyalar taqiqlanganini xabar qilgan edi. Ammo amaldor buni tasdiqlamadi.
Uning so‘zlariga qaraganda, “Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunning 20-modda 3-bandi bilan bolaning familiyasi tug‘ilgan paytida otasining yoki onasining familiyasi bo‘yicha yozilishi yoxud otasining ismi negizida yangi familiya berilishi belgilangan.
“Shunday ekan, agarda bolaning ota-onasi familiyasi ‘ov’, ‘yev’ bilan tugagan bo‘lsa, ular bolasiga shu familiyani bera oladi”, — tushuntirdi Rahimov.
Shuningdek, u taqiq haqida gap yo‘qligini, hujjat tavsiya xarakterida ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)