AQSh Adliya vazirligi Dole Food oziq-ovqat kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu Qo‘shma Shtatlar va Kanadada to‘rt kishini hayotdan olib ketgan listerioz yuqumli kasalligining avj olishi bilan bog‘liq. Bu haqda, The Wall Street Journal gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Dole Food AQSh hukumati yaqinda kompaniya bilan Springfilddagi (Ogayo shtati) korxonada qadoqlangan salatda odam uchun xavfli bakteriya mavjudligi yuzasidan bog‘langanligini tan oldi. Firma rahbariyati Adliya vazirligi bilan to‘liq hamkorlik qilayotganligini ma’lum qildi.
Trevogani avvalroq AQSh oziq-ovqat va dori vositalari sifati masalalari bo‘yicha boshqarmasi ko‘targan edi. “Gap bizni fabrikamizdagi muammolar haqida bormoqda, biz uni hal qilganmiz”, — dedi kompaniya rasmiy vakili Uilyam Goldfild.
Izoh (0)