Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan o‘rin olgan bahslarda o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
-63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 90 kilogramm, siltab ko‘tarishda esa 110 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkikurash yakunlariga ko‘ra 200 kilogramm natija bilan 7-o‘rinni egalladi.
Mazkur vazn toifasida tailandlik Gulnoi Siripuch umumiy 234 kilogramm ko‘rsatkich bilan birinchi, xitoylik Chen Guiming 217 kilogramm natija bilan ikkinchi va nihoyat ikkikurash yakuniga ko‘ra 211 kilogramm natijani qayd etgan vyetnamlik Nguyen Txi Tuyet uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)