Norvegiya sohillarida odamlarni neft platformasiga tashishi mumkin bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, bu odatda Shimoliy dengizdagi neft qazib chiqaruvchi platformaga odamlarni tashish uchun foydalaniluvchi vertolyot bo‘lgan. U dengizdagi kichikroq orolda bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Dengizda odamlar borligi xabar qilinmoqda.
Avariya Norvegiyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi shahri — Bergendan g‘arbda yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Norvegiya politsiyasi Twitter’dagi sahifasida hodisa joyiga avariya xizmati yuborilganligini xabar qilgan.
Izoh (0)