Suriyaning Halab shahridagi al-Malxana masjidining o‘qqa tutilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi. 40 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ilgariroq 15 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, odamlar juma namozidan so‘ng masjidni tark etayotgan chog‘da binoga bir nechta raketa tushgan.
Hozircha birorta guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)