BMT Xavfsizlik Kengashi KXDR tomonidan 28-aprel kuni muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan raketa uchirishlariga javob choralarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Xavfsizlik Kengashiga raislik qiluvchi xitoylik diplomat Lyu Szei jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz javob choralarini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi u.
BMT qoshidagi Yaponiyaning doimiy vakili Motoxide Yosikava, o‘z navbatida, Xavfsizlik Kengashi bir kun ichida Pxenyanning harakatlarini qoralovchi bayonot bilan chiqishini ma’lum qildi. Hujjat loyihasi AQSh tomonidan tayyorlandi.
Avvalroq Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi KXDR 28-aprel, payshanba kuni 4 ming kilometr masofani qamrab olishga qodir o‘rta radiusdagi, “Musudan” turkumiga mansubligi aytilayotgan ballistik raketalarning ikkita muvaffaqiyatsiz sinovini amalga oshirganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)