Suriya shimolidagi Aleppo shahrida ketma-ket aviazarbalar va o‘q yog‘dirishlar natijasi bir kecha-kunduzdan kamroq vaqt ichida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks” kuzatuvchilar va aktivistlarga tayanib.
Shulardan 27 nafari “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ko‘magida faoliyat olib boradigan kasalxonada nobud bo‘lgan. Alepponing isyonchilar nazorati ostidagi qismida joylashgan kasalxonaga yondosh uylar ham zarar ko‘rgan.
BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura 28-aprel, payshanba kuni AQSh va Rossiyaga murojaat qilib, tinchlik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashda yordam berishga va mamlakatda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Izoh (0)