• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vyetnamdan Iroqqacha. AQSh 13 yildan buyon birinchi marta B-52 strategik bombardimonchilaridan foydalandi

    2016-yilning 21-aprelida AQShning B-52 Stratofortress strategik bombardimonchilari Iroq hududida IShID pozitsiyalariga zarba berishda birinchi marta qo‘llandi. Bu texnik vosita 2003-yildan buyon birinchi marta ishlatilishi. Shu munosabat bilan Meduza harbiy ekspert Vasiliy Sichyov bilan birgalikda AQShning eng mashhur bombardimonchisi tarixini yodga oldi.

    Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati

    Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati

    B-52 1946-yilda ishlab chiqila boshlandi. Sovuq urushning boshlanishi bilan AQShga raqibga uzoq masofadan zarba bera oladigan havo quroli kerak bo‘lib qoldi. Yangi strategik bombardimonchi samolyoti eski B-36 Peacemaker va B-47 Stratojet’ning o‘rnini egallashi lozim edi. Harbiylarning asosiy talabi sobiq Ittifoqning har qanday nuqtasiga ikkita termoyadroviy bomba yetkaza olish salohiyati edi.

    Bundan tashqari, yangi samolyot 10,4 ming metr balandlikda 480 kilometr/soat tezlikda kreyserlik parvozini amalga oshira olishi kerak edi. Jangovar radius dastavval sakkiz ming kilometr qilib belgilangandi. Havo kemasining qurol-aslahalari qatoriga 20 millimetr kalibrdagi bir nechta pulemyot va 4,5 tonna hajmdagi bomba yukini kiritish rejalashtirilgan edi.

    Yangi samolyotni ishlab chiqarish uchun tenderda uchta kompaniya — Boeing, Consolidated Aircraft va Glenn L. Martin Company ishtirok etdi. Eng yaxshi texnik tavsiflarni (to‘g‘ri qanot, oltita reaktiv dvigatel, besh ming kilometr jangovar radius) taklif etgan Boeing g‘alaba qozondi.

    Ammo harbiy-havo kuchlari bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng Boeing bir necha bor texnik talablarni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Jumladan, 1946-yil noyabrida harbiy idora samolyot 645 kilometr/soat tezlikda kreyserlik parvozini amalga oshira olishi shartligini bildirdi, dekabrda esa reaktiv dvigatellar sonini to‘rtta qilib belgiladi. 1947-yil bahorigacha talablar bir necha marta o‘zgartirildi, axiyri samolyotda faqat yadroviy qurol qoldi.

    Bu bahslar tufayli shartnomaning bekor qilinishiga bir baxya qolgandi, lekin loyihani AQShning o‘sha paytdagi harbiy-havo kuchlari vaziri Styuart Saymington qo‘llab-quvvatladi.

    1947-yil 8-dekabrida yakuniy talablar ro‘yxati taqdim etildi. Unga ko‘ra, samolyot 800 kilometr/soat tezlikda parvoz qila olishi, 13 ming kilometr masofani bosib o‘ta olishi, ham yadroviy, ham oddiy qurollarni tashiy olishi lozim edi. Shu tariqa, 1948-yilda XB-52, 1951-yilda esa YB-52 paydo bo‘ldi.

    1952-yilga kelib zamonaviy B-52 ga ancha yaqinlashib qolgan samolyot birinchi parvozni amalga oshirdi, oradan uch yil o‘tib esa AQShda qurollanishga qabul qilindi. Bombardimonchi sakkizta dvigatelga ega edi. U 821 kilometr/soat tezlikda ucha olar, jangovar radiusi esa yetti ming kilometrni tashkil qilardi. B-52 ning birinchi versiyalari 26 tonna hajmdagi qurollarni tashishga qodir edi.

    Keyingi yillarda B-52 ko‘plab jahon rekordlarini o‘rnatdi. Xususan, 1958-yil sentabrida B-52D yuksiz o‘n ming kilometr yo‘l bosish tezligi rekordini o‘rnatdi — 902 kilometr/soat. O‘shanda besh kilometr masofaga uchishdagi tezlik rekordi ham qayd qilindi — 962 kilometr/soat. 1962-yilda B-52H qo‘shimcha yoqilg‘i quyishgacha bosib o‘tilgan yo‘l uzoqligi bo‘yicha yangi rekordni zabt etdi — 20,2 ming kilometr: samolyot Okinavadagi Kadena aviabazasidan Ispaniyadagi Torrexon aviabazasiga qadar to‘xtamay uchib keldi.

    B-52, 1950-yillar. Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati

    B-52, 1950-yillar. Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati

    Yangi vosita birinchi marta 1965-yilda Vyetnamda qo‘llandi. Samolyotning bu modifikatsiyasi — B-52F — qanotlari ostida 340 kilogrammli 24 aviatsion bombani olib yurishi mumkin edi.

    1965-yilning 2-martida AQSh hukumati 1968-yil oktabrigacha davom etgan hamda Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng uzun harbiy operatsiya bo‘lgan “Gulduroq chaqin” amaliyotini boshladi. Unda ishtirok etgan 30 ta Stratofortress Vyetnam janubida kommunistlarning pozitsiyalariga zarba berar edi.

    1972-yilda shimoliy Vyetnam osmonida birinchi B-52 urib tushirildi. Samolyot ekipaji katapultlanib, omon qoldi. 1975-yilga qadar davom etgan Vyetnam urushi mobaynida umumiy hisobda 31 ta strategik bombardimonchi urib tushirildi. Ularning bir qismi zenit quroliga, bir qismi esa Vyetnamning MiG-21 qiruvchilariga nishon bo‘ldi.

    B-52 1972-yil oxirida ikkita havo jangida MiG-21 ustidan g‘alaba qozondi. Shundan buyon u havo jangida g‘alabaga erishgan eng yirik uchuvchi apparat hisoblanadi.

    Vyetnam urushidan so‘ng bombardimonchilar modernizatsiya qilindi, shuningdek, mashg‘ulotlarda va patrulda qatnashdi. Real nishonlarga esa faqat 1991-yil 16-yanvarida, Fors ko‘rfazidagi urushda zarba berdi. “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi chog‘ida samolyotlar Luiziana shtatidagi Barksdeyl aviabazasidan uchib chiqib, Iroqdagi obyektlarga bomba tashladi va ortga qaytdi. Shu tariqa, samolyotlar 35 soat ichida 23 ming kilometr masofani bosib o‘tdi, orada bir marta qo‘shimcha yoqilg‘i quyib oldi. Samolyotlar AQShning Iroqdagi harbiy kampaniyasi chog‘ida obyektlarni bombalashda qo‘llandi.

    1999-yilda B-52H Guam aviabazasidan chiqib, Yugoslaviya hududida Serbiya armiyasi obyektlarini o‘qqa tutdi. 2001-yilda Stratofortress Afg‘onistonda madad kuchi vazifasini bajardi — ular jang maydoni uzra havoda aylanib, u yoki bu nishonni bombalash buyrug‘ini kutardi. Nihoyat, 2003-yil 21-martida B-52H samolyotlari Iroqdagi obyektlarga qarata jami yuzta AGM-86C raketalarini uchirdi. Shundan so‘ng bombardimonchidan real harbiy harakatlarda foydalanilgani uzoq yillar davomida kuzatilmadi.

    2016-yilning 18-aprelida oy boshida Qatarga yetkazilgan samolyotlar IShIDning Iroq shimolidagi Qayyorda joylashgan aslahaxonasiga bomba tashladi. Qanday turdagi bomba qo‘llanilgani oshkor etilmadi.

    B-52 Qatarda, 2016-yil. Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati

    AQSh harbiylari bundan buyon B-52H’dan ham IShIDga qarshi harakatlarda, ham kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa ixtiloflarda foydalanmoqchi. Bugun mamlakat harbiy-havo kuchlarida bu rusumdagi 78 ta havo kemasi bor, ularning eng “yoshi” 54 yil muqaddam tayyorlangan. B-52H versiyasi 1961-yilda qurollanishga qabul qilingan; bunday turdagi samolyotlar harbiylarga 1962-yilga qadar yetkazib berilgan. AQSh qurolli kuchlari bildirgan taxminga ko‘ra, B-52 2040-yilgacha qurollanishda bo‘ladi, so‘ng ularning o‘rnini B-21 bombardimonchilari egallaydi.

    Hozirgi B-52 larning jangovar radiusi 7,2 ming kilometrni qoplaydi; ular 16 ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Samolyot soatiga 950 kilometr tezlik olishi hamda 31 tonnagacha bomba yukini ko‘tarishi mumkin. Bombardimonchilar 2040-yilga yetib borishi uchun ularni muntazam ravishda modernizatsiyadan o‘tkazishga qaror qilindi.

    Bundan tashqari, Pentagon B-1B Lancer va B-52 negizida maxsus “uchuvchi arsenallar” yaratishni rejalashtirmoqda. Bunday samolyotlar turli qurol-yarog‘ bilan jihozlanib, jabhadan uzoqda uchib yuradi va old safdagi bombardimonchining buyrug‘iga binoan kerakli tipdagi qurolni ishga tushiradi. Buning uchun samolyotlarga maxsus aloqa va videoni qayta ishlash tizimlarini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu tizimlarga ega B-52 uchuvchisiz apparatlar hamda boshqa jangovar samolyotlar sensorlaridan ma’lumot olib turadi.

    Old jabha jangovar samolyotlari vazifasi F-15C/D Eagle, F-22 Raptor va F-35 Lightning II qiruvchilari, shuningdek, F-15E Strike Eagle qiruvchi-bombardimonchilari hamda A-10 Thunderbolt II shturmchi samolyotlari zimmasiga yuklanadi. Yaxshiroq manyovrlarni amalga oshirish uchun kamroq qurol-yarog‘ tashiydigan bu havo kemalari osmondagi va yerdagi nishonlarni aniqlab, “uchuvchi arsenal”larga zarur bo‘lgan turdagi raketani uchirish haqida ko‘rsatma beradi.

    Shu bilan birga, harbiy mutaxassislar B-52H’larning ekspluatatsiya muddati yuz yilgacha uzaytirilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Dvigatellar va fyuzelyajning ayrim unsurlari almashtirilsa, bunga erishish mumkin. Agar bu tashabbus amalga oshsa, 2060-yilda Stratofortress uchuvchi apparatlar orasida harbiy ekspluatatsiya muddati bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatadi.

    28.04.2016, 14:57   Izoh (0)   7100
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya prezidenti vazirlik va agentliklarga KXDRning yadro sinoviga tayyor turishni buyurdi

    28.04.2016, 14:11

    “Kalashnikov” bozorga yarim avtomat miltiqni chiqaradi va karabinlarni restayling qiladi

    28.04.2016, 12:00

    Belgiya aholisiga radiatsiyaga qarshi dori tarqatiladi

    28.04.2016, 11:05

    Sankt-Peterburgga bir o‘zi uchib kelgan qizga qaytish chiptasini politsiyachilar xarid qiladi

    28.04.2016, 10:44

    Fransiya rasmiylari Saloh Abdislomga rasman terrorizmda ayblov e’lon qildi

    28.04.2016, 10:29

    Turkiya bosh vaziriga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlikda ayblangan ikki nafar suriyalik hibsga olindi

    28.04.2016, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.