2016-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Olivye Adam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorligining joriy masalalari va uni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh (0)