Suriya Kurdistonining Moskvadagi vakilligi Suriyada halok bo‘lgan zobit Aleksandr Proxorenkoning jasadi Rossiya tomoniga yetkazilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Life nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Yaqin vaqt ichida Aleksandr Proxorenkoning jasadi Moskvaga yetkazilishi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi maxsus operatsiyasida ishtirok etayotgan Proxorenko Palmira shahri xarobalari yaqinida aviazarbalar uchun nishon olish chog‘ida halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi. Orenburg viloyati, Tyulgan tumanining Gorodki qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgan 25 yoshli Aleksandr Proxorenko Rossiya Qurolli kuchlari havo hujumiga qarshi mudofaa harbiy akademiyasida tahsil olgan.
Vladimir Putin Proxorenkoning o‘limidan keyin unga Rossiya qahramoni unvonini berdi.
Izoh (0)