Koreya Respublikasida Zika bezgagi bilan kasallanishning ikkinchi holati qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma’lum qilishicha, bemor 20 yoshli erkak bo‘lib, u Filippinga safaridan so‘ng aprel oyi o‘rtasida Janubiy Koreyaga qaytgan. Bu yerda u grippga o‘xshash alomatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Laboratoriya tahlili natijalari xastallik Zika virusi tufayli yuzaga kelganligini ko‘rsatgan. Hozirgi paytda bemor uy karantinida saqlanmoqda, biroq yaqin vaqt ichida shifoxonaga o‘tkazilishi mumkin.
Shu tariqa Janubiy Koreyada Zika bezgagiga chalingan bemorlar soni ikki kishiga yetgan. Mart oyida ushbu tashxis 43 yoshli erkakda aniqlangan edi.
Izoh (0)