27-aprel, chorshanba kuni Tayvan sohillarida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markaziga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yer silkinishi epitsentri Taybeydan 99 kilometr janubda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurda joylashgani bildirildi.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.