27-aprelga o‘tar kechasi “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o‘yinida “Real”ga qarshi bahs olib bordi. “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bellashuvda 0:0 hisobi qayd etildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Ushbu uchrashuv “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Agueroning “Real”ga qarshi 13-o‘yini bo‘ldi. Argentinalik futbolchi “Qirollik klubi”ga qarshi maydonga tushgan o‘yinlarda uning jamoasi biror marta ham g‘alaba qozonmagan. Aguero ishtirok etgan o‘yinlarda uning jamoasi 5 ta durang qayd etib, 8 marta mag‘lubiyatga uchragan.
27 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Real” darvozasini 4 marta ishg‘ol qilgan. U eng ko‘p o‘yinni “Barselona” va “Liverpul” klublariga qarshi (14 martadan) o‘tkazgan.
Ma’lumot o‘rnida, Serxio Aguero 2006–2011-yillar davomida Madridning “Atletiko” klubi sharafini himoya qilgan. 2011-yil yozidan boshlab “Manchester Siti”da to‘p surib kelyapti.
Izoh (0)