Italiyaning “Milan” futbol jamoasi egasi Silvio Berluskoni klub aksiyalarining nazorat paketini sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda, “Tuttosport” nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Berluskoni taxminan 700 million yevro qiymatidagi shartnomani qabul qildi.
Joriy shartnoma 29-aprel bilan 2-may oralig‘ida imzolanishi kutilmoqda. O‘z nuqtai nazarini Berluskoni 28-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan aksiyadorlar yig‘ilishida oshkor etadi. Shundan so‘ng yakuniy muzokaralar boshlanadi.
Xitoyning Alibaba internet korporatsiyasi rahbari Jek Ma “Milan” jamoasini Italiya sobiq bosh vaziridan sotib olmoqchi ekanligi bir muddat ilgari xabar qilingan edi.
Izoh (0)