O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “Kitob olami” majmualari tarmog‘ini kengaytirmoqda. O‘tgan yil noyabrida majmua Toshkent shahrida ochilgan edi. Tarmoqning ikkinchi obyekti Qoraqalpog‘iston markazi Nukusda ochildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Agentlikning bildirishicha, 300 kvadrat metr maydonni egallagan kitob do‘konining ochilish marosimi 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan. Bu yerda turli yo‘nalishlarga oid 15 ming kitob taqdim etilgan.
O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga qadar bunday majmualar Andijonda, Buxoroda, Namanganda, Samarqandda va Urganchda ochilishi aytilmoqda.
Izoh (0)